«xalq demokratik partiyasi» tegli maqolalar


Dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda
15 noyabr 2023, 13:02

Dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda

Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokama qilindi. Jazo choralari qat’iy belgilangan bo‘lsada, ushbu toifadagi jinoyatlar soni yildan yilga ko‘payib borayotgani aytilgan.

Bukmekerlik faoliyatini qonuniy tartibga solish taklif qilindi
8 sentabr 2021, 19:27

Bukmekerlik faoliyatini qonuniy tartibga solish taklif qilindi

XDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida bukmekerlik faoliyatini huquqiy tartibga solish masalasi muhokama qilindi. Bir qator qonunlarga bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish mexanizmlarini nazarda tutuvchi normalar kiritish taklif etildi.

Fuqarolarning iqtisodiy holati, ijtimoiy kayfiyati jarimalar miqdori oshishiga tayyor emas — XDP
24 avgust 2021, 12:27

Fuqarolarning iqtisodiy holati, ijtimoiy kayfiyati jarimalar miqdori oshishiga tayyor emas — XDP

Xalq demokratik partiyasi O‘zbekistonda 1 sentyabrdan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshishiga munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, oylik oshirilishi bilan bir vaqtda bazaviy hisoblash miqdori va to‘lanadigan jarimalar hajmi oshishi jamoatchilik orasida savollar tug‘diryapti. «BHMning oshishi tor doiradagi qatlamga manfaatli bo‘lishi mumkin, ammo jarimalar oshishi barchaga birdek qiyinchilik tug‘dirishi mumkin», — deyiladi partiya munosabatida.

«Bizning maqsadimiz bitta — prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lish» — XDP raisi
9 avgust 2021, 10:16

«Bizning maqsadimiz bitta — prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lish» — XDP raisi

Xalq demokratik partiyasi raisi Ulug‘bek Inoyatov partiyaning maqsadi hukumatni egallash, ya’ni prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lish ekanligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, saylovlarda xalq ayollarga ko‘proq ovoz beradi. «Ana shu nuqtayi nazardan biz nomzodimizni to‘g‘ri tanladik, deb o‘ylayman. Bu bizning saylovlarda g‘alaba qozonishimizda bir qadam bo‘ldi, deb hisoblayman», — deydi u.

«Men faqat ayol ekanligim uchun nomzod bo‘lmadim» — Maqsuda Varisova
7 avgust 2021, 14:28

«Men faqat ayol ekanligim uchun nomzod bo‘lmadim» — Maqsuda Varisova

Prezident saylovlarida XDP nomzodi sifatida qatnashishi kutilayotgan Maqsuda Varisova saylovda g‘alaba qozonsa, avvalo ishsizlik va bandlik sohasida islohotlar qilishini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, prezidentlikka nomzodlar orasida ayol kishining bo‘lishiga gender tenglik tamoyili sabab emas. «Xalq orasidan chiqqan oddiy bir ona, oddiy bir ayol bo‘lganim sababli ham, xalqimizni qiynab turgan muammolarni quyidan bilganim uchun ham meni tanlashdi, deb o‘ylayman», — dedi u.

Bir guruh shaxslar XDP deputatini kaltakladi
25 may 2021, 14:31

Bir guruh shaxslar XDP deputatini kaltakladi

Surxondaryoning Boysun tumanida bir guruh shaxslar Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi deputatini kaltakladilar. XDP ushbu hodisa bo‘yicha «surishtiruv ishlari boshlanganiga bir yarim oydan oshgan bo‘lsa-da, hamon muayyan bir xulosaga kelinmagani» ni ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting